Bayrut portining 16 nafar xodimi tergov doirasida qo’lga olindi

Hibsga olinganlar orasida port direktori Hasan Qo‘raytam ham bor. Port direktori prokuror so‘rog‘idan keyin qo’lga olingan.

1468858
Bayrut portining 16 nafar xodimi tergov doirasida qo’lga olindi

 

Livan poytaxti Bayrutdagi portlash ishi bo‘yicha Bayrut portining 16 nafar xodimi tergov doirasida qo’lga olindi.

Bu haqda NNA rasmiy xabar agentligi xabar berdi.

NNA xabar agentligida berilgan harbiy sud bayonotida portlash ro’y bergan 4 avgustdan buyon olib borilayotgan tergov doirasida Bayrut portining 16 nafar xodimi qo’lga olingan.

Hibsga olinganlar orasida port direktori Hasan Qo‘raytam ham bor. Port direktori prokuror so‘rog‘idan keyin qo’lga olingan.

“Harbiy prokuratura Bayrut portidagi 12-omborda yuz bergan dahshatli portlash ustidan tergov qilishning dastlabki bosqichini yakunlamoqda. Port ma'muriyati va bojxona boshqarmasidan bir necha kishi, omborda ta'mirlash ishlarini olib borgan va u yerda portlovchi modda saqlagan jami 18 kishi so‘roq qilindi”,- deyiladi prokuratura bayonotida.

Ma’lumotlarga ko’ra, mamlakat markaziy bankining pullarni yuvishga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiyasi bojxona va port rahbariyatiga tegishli barcha bank hisob raqamlarini muzlatib qo‘yishga ko‘rsatma bergan.  

Livan vazirlar mahkamasi voqeaga aloqador shaxslarning qochishini oldini olish maqsadida portning butun rahbariyatini uy hibsiga olishga qaror qilgan.

Eslatish joizki, 4 avgustda Bayrutdagi portda dahshatli portlash yuz berdi. Portlash 135 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida qutqaruvchilar va xorijliklar ham bor. 5 mingga yaqin inson jarohat olgan.

Hukumat vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, portdagi omborlardan birida saqlanayotgan 2750 tonna ammiak selitrasi payvandlash ishlari vaqtida portlab ketgan. 

Dunyoning ko‘plab davlatlari portlashdan keyin Livanga hamdardlik bildirib, o‘z yordamlarini taklif qilishgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #tergov , #portlash , #Livan , #Bayrut

Aloqador xabarlar