Bayrutdagi portlash oqibatida qurbonlar soni 158 kishiga yetdi

Bayrut viloyati hokimi Mervan Abbud ma'lum qilishicha, portlash oqibatida yuzaga kelgan zarar 15 mlrd dollar atrofida.

1469752
Bayrutdagi portlash oqibatida qurbonlar soni 158 kishiga yetdi

 

Livan poytaxti Bayrutdagi portlash oqibatida qurbonlar soni 158 kishiga yetdi.

Ma'lumotga ko'ra, o‘nlab inson bedarak yo‘qolgan, 6 mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan. Portlash shaharning bu qismidagi ko‘plab binolarni butunlay vayron qilgan, shaharning yarmidagi binolar turli darajada shikastlangan.

Dastlabki qurbonlar orasida fransuz arxitektori va portlashdan keyin voqea joyiga birinchilardan bo‘lib yetib kelgan o‘t o‘chiruvchi ham bo‘lgan. Shuningdek, germaniyalik diplomatlardan biri portlash qurboniga aylangan.

Livan prezidenti Mishel Aun dastlab portlashga port hududidagi omborxonada xavfsizlik choralariga rioya qilinmagan holda saqlanayotgan 2750 tonna miqdoridagi ammiak selitra sabab bo‘lganini rasman ma'lum qilgandi. Hukumat Bayrut portining 16 xodimi qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Bayrut viloyati hokimi Mervan Abbud ma'lum qilishicha, portlash oqibatida yuzaga kelgan zarar 15 mlrd dollar atrofida.

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Bayrut , #Livan

Aloqador xabarlar