Bayrutdagi portlash hukumatni iste'foga majburladi

Sog‘liqni saqlash vaziri Hamid Hasan Livan hukumati iste'foga chiqdi deb bayonot berdi.

21 Eylül 2020 04:45

 

Bayrut aholisi portdagi portlashda hukumatni ayblab, namoyishlarga chiqmoqda.

Namoyishchilar yuqori martabali amaldorlarni jazolashni talab qilishmoqda. Ularning fikricha, portdagi portlashga aynan hukumat va amaldorlar aybdor.

Namoyishlar vaqtida amaldagi hukmron tuzumini ag‘darishga chaqiriqlar bo‘lgan. Namoyishchilar ko‘targan plakatlarda “Iste'fo” deb yozilgan.

Ular hukumatning iste’fosini talab qilgan holda, parlament binosi tomon yurib borishgan.

Poytaxt markazida to’plangan yuzlab insonlar prezident Mishel Aun va parlamentdagi siyosiy partiyalarning darhol iste’foga chiqishini talab qildi.

Namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan. Namoyishchilar politsiyaga tosh va buyumlar uloqtirishgan, politsiya esa, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘llagan. Namoyishchilar yo‘lini to‘sish uchun parlament binosiga barrikadalar o‘rnatilgan.

Namoyishchilar soni ko’payishi bilan hududga qo’shimcha xavfsizlik kuchlari guruhi yetib kelgan.

Mamlakat shimolidagi Tripoli shahrida esa, hukumatning iste’fosi solyutlar bilan tantanali ravishda nishonlandi.

Bayrutdagi halokatli portlash ortidan yuz bergan norozilik namoyishlari Livan hukumatini iste'foga chiqishga majburladi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Hamid Hasan Livan hukumati iste'foga chiqdi deb bayonot berdi.

Livan bosh vaziri Hassan Diyab hukumati oktyabr oyida iqtisodiy inqirozga qarshi o’tkazilgan namoyishlar ortida iste’foga chiqqan milliy birlik hukumatining ortidan Xizbulloh va uning siyosiy ittifoqdoshlari qo’llab-quvvatlovi bilan tuzilgandi.

Eslatish joizki, 4 avgust kuni portlash oqibatida shu vaqtgacha 163 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab inson bedarak yo‘qolgan, 6 mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan. Portlash tufayli shahardagi ko‘plab binolar butunlay vayron bo’lgan.