Livan bosh vaziri Hassan Diyab iste'foga chiqdi

Hassan Diyab 10-avgust, dushanba kuni Livan Vazirlar Mahkamasi majlis yakuniga ko‘ra, iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U bosh vazirlik qarorgohidagi matbuot anjumanida iste’fo etganini rasman e’lon qildi.

1470831
Livan bosh vaziri Hassan Diyab iste'foga chiqdi

 

Bayrutdagi halokatli portlash ortidan yuz bergan norozilik namoyishlari Livan hukumatini iste'foga chorladi.

O’z vazifasidan iste’fo etgan mamlakat bosh vaziri Hassan Diyab: “Bayrutda ro’y bergan ushbu falokat davlat boshqaruvidagi korrupsiya va mas'uliyatsizlik natijasidir”,-dedi.

Hassan Diyab 10-avgust, dushanba kuni Livan Vazirlar Mahkamasi majlis yakuniga ko‘ra, iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U bosh vazirlik qarorgohidagi matbuot anjumanida iste’fo etganini rasman e’lon qildi.

“Bayrutda ro’y bergan ushbu falokat davlat boshqaruvidagi korrupsiya va mas'uliyatsizlik natijasidir. Avval ham davlatning butun organlarida korrupsiya mavjudligini aytgandim. Bugun shuni guvohi bo’lib turibmizki, korrupsiya tizimi davlatdan ham kurliroq ekan. Davlat ushbu korrupsiyaga qarshi kurasha olmayotir”,-deb aytgan Hassan Diyab.

Oktyabr oyida iqtisodiy inqirozga qarshi boshlangan xalq namoyishlariga e’tibor qaratgan Hassan Diyab: “Norozilik namoyishlari ularga qarshi edi, biroq buni idrok qila olmadilar va yana bilganini qilaverdilar. Hukumat davlatni qutqarishga urinar ekan, bular cho’kish javobgarligini bizga to’nkashga harakat qildilar”,-dedi.

“Shu kunlarda mamlakatni tubdan larzaga solgan hodisa ro’y bergan bosqichga keldik. Birinchi dolzarb vazifamiz bu falokat yuzasidan tezkor tergov harakatini olib borishdir. Insonlarning talabiga binoan, haqiqiy islohotlar bilan xalqning huquqiga hurmat ko’rsatadigan bir davlatga murojaat qilyabmiz”,-deb ilova qiladi Hassan Diyab.

Bu bosqichda xalq bilan birdam bo’lib, islohot harakatiga yo’l berish zarurligini ta’kidlagan Hassan Diyab: “Mamlakatimizni saqlab qolish uchun imkoniyat yaratmoqchimiz, shu sababli hukumatning iste’fosini e’lon qilmoqchiman”,-dedi.

Ma’lumotga ko’ra, Livan prezidenti Mishel Aun iste’foga chiqqan bosh vazir Hassan Diyab va boshqa vazirlardan yangi hukumat tuzilguniga qadar vaqtinchalik vazifasini davom ettirishini talab qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #iste'fo , #Hassan Diyab , #Livan

Aloqador xabarlar