Oq uy yaqinidagi otishma vahimaga sabab bo'ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanini noma’lum sabablarga ko’ra to’xtatdi va zalni tark etdi.

1470871
Oq uy yaqinidagi otishma vahimaga sabab bo'ldi

 

Oq uyda vahima…

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanini noma’lum sabablarga ko’ra to’xtatdi va zalni tark etdi.

Keyinroq ma’lum bo’lishicha, bunga Oq uy oldida yuz bergan otishma sabab bo‘lgan.

Tramp taxminan 10 daqiqa o’tgach, takror zalga qaytib kelgan va matbuot anjumanini davom ettirgan.

U Oq uy yaqinida otishma yuz bergani, huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchiga o‘q uzib, uni yaralashganini ma'lum qilgan. AQSh prezidentining aytishicha, boshqa hech kim jabrlanmagan.

“Hodisa men bilan aloqali emas. Vaziyat qo’lga olingan ko’rinadi”,-deya ta’kidlagan Tramp yaralangan shubhali shaxs shifoxonaga olib ketilganligini qo’shimcha qilgan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #otishma , #Donald Tramp , #Oq uy

Aloqador xabarlar