AQSh Rossiya vaksinasiga shubha bilan qaramoqda

AQSh sog’liqni saqlash vaziri Alex Azar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi izohiga munosabat bildirdi.

1471359
AQSh Rossiya vaksinasiga shubha bilan qaramoqda

 

G‘arbda Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaga ishonchsizlik bildirish holatlari uchramoqda.

Jumladan, AQSh sog’liqni saqlash vaziri Alex Azar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi izohiga munosabat bildirdi.

“Muhimi, vaksinani ishlab chiqargan ilk davlat bo’lish emas. Muhimi bu vaksina butun dunyo uchun xavfsiz, ishonarli va samarali bo’lishidir”,-deb aytgan AQSh sog’liqni saqlash vaziri.

Uning fikricha, vaksina klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan ham muvaffaqiyatli o’tganiga doir qoniqarli ma’lumotlarga ehtiyoj bor.

Vazirning so’zlariga ko’ra, AQSh yil oxirigacha o’n mlndan ortiq vaksina ishlab chiqish yo’lida samarali ishlar olib bormoqda va vaksina sinovlarida qatnashgan ko’ngillilar uch bosqichli klinik sinovlardan o’tmoqda.

Eslatish joizki, Rossiya prezidenti Vladimir Putin video anjumanda Rossiyada koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qilgandi.

“Bilishimcha, koronavirusga qarshi dunyodagi ilk vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vaksina barqaror immunitetni hosil qiladi. Shuni aytmoqchimanki, u barcha zarur klinik tekshiruvlardan o‘tdi”, -deb aytgan Vladimir Putin.

Ma’lumotga ko’ra, Rossiya vaksinasi dunyoda rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ilk vaksina hisoblanadi. Biroq, Yevropa va AQSh Rossiyaning vaksina ishlab chiqarish tezligiga shubha bilan qaramoqda. Ular Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarga shubha bildirmoqda va ularning sinovlari juda tez yakunlanganini ajabtovur deb baholashgan.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #COVID-19 , #vaksina , #Rossiya

Aloqador xabarlar