Livan prezidenti portdagi nitrat ammoniy bo'yicha tegishli idoralarni ogohlantirgani ma'lum bo'ldi

Qayd etilishicha, Prezident Mishel Aun darhol kerakli chora-tadbirlarni olish uchun 20 iyulda portdagi nitrat ammoniy bilan aloqali mahfiy hisobotni Oliy mudofaa kengashiga yuborgan, biroq hech qanday chora ko’rilmagan va portlash yuz bergan.

1471388
Livan prezidenti portdagi nitrat ammoniy bo'yicha tegishli idoralarni ogohlantirgani ma'lum bo'ldi

 

Livan prezidenti Mishel Aun Bayrutdagi portlashdan ikki hafta avval Oliy mudofaa kengashiga portdagi nitrat ammoniy (ammiak selitrasi) bilan aloqali mahfiy hisobot yuborgani ma’lum bo’ldi.

Prezidentga yaqin manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Mishel Aun Davlat xavfsizlik boshqarmasidan Bayrut portida katta miqdorda nitrat ammoniy (ammiak selitrasi) moddasi saqlanayotganiga doir ma’lumot olgan.

Qayd etilishicha, Prezident Mishel Aun darhol kerakli chora-tadbirlarni olish uchun 20 iyulda bu ma’lumotni Oliy mudofaa kengashiga yuborgan, biroq hech qanday chora ko’rilmagan va portlash yuz bergan.

Mavzuga doir Prezident Mishel Aun yoki Oliy mudofaa kengashidan rasmiy izoh bildirilmadi.

Eslatish joizki, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutdagi portda nitrat ammoniy moddasi saqlanayotgan 12-omborda dahshatli portlash ro’y bergandi. Portlash oqibatida shu vaqtgacha 171 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab inson bedarak yo‘qolgan, 6 mingdan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgan. Portlash tufayli shahardagi ko‘plab binolar butunlay vayron bo’lgan.

Livan Prezidenti Mishel Aun portlashga portda 6 yil davomida saqlanib kelingan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo‘lganini ma'lum qilgan.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Bayrut , #Livan

Aloqador xabarlar