Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 21 mlnga yaqinlashdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 750 000ga yaqinlashdi. Virus bilan kasallanganlar soni 20 mln 812 ming 596 nafarga yetdi. 13 mln 713 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

1472042
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 21 mlnga yaqinlashdi
Süper Covid.jpg
Süper Korona
süper covid19.jpg

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 750 000ga yaqinlashdi. Virus bilan kasallanganlar soni 20 mln 812 ming 596 nafarga yetdi. 13 mln 713 mingdan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 169 131 nafarga yetdi.  Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 5 mln 360dan ko’proq.

AQSh prezidenti Donald Tramp kuzda maktablarda yuzma-yuz darslar boshlanishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Bugungi kunda Braziliya koronavirusga chalinish va o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin 2-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda so’nggi bir kunda 1175 kishi virus qurboniga aylandi. Shu bilan ularning umumiy soni 104 ming 261 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 170 ming 474ni tashkil qilmoqda.

Meksikada so’nggi bir kunda COVID-19 tufayli 737 kishi vafot etdi. Mamlakatda virus qurbonlarining umumiy soni 54 666 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakatda virusga chalinganlar soni 498 380 nafarni tashkil qilmoqda.

Yevropada virus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 41 329 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 313 ming 798 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab magazinlar, savdo markazlari, marketlar va ommaviy transport vositalarida niqob taqish majburiy bo’ldi. Bunga amal qilmaganlar 100 paunt jarima to’laydi.

Fransiyada pandemiya tufayli so’nggi bir kunda 17 kishi vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 30 371 nafarga yetdi. Virus yuqtirib olganlar soni bir sutkada 2524 kishiga oshib, ularning umumiy soni 229 ming 344 nafarni tashkil qilmoqda.

Fransiyada koronavirus tarqalish darajasi takror avj oldi. Shifoxonalarning reanimatsiya bo’limida yotgan bemorlar soni keskin oshib ketdi. Bir sutkada kasallanganlar soni 28 apreldan buyon eng yuqori ko’rsatgichga yetdi. Fransiyada koronavirusga qarshi kurash bo’yicha ilmiy kengashi avvalroq mamlakatda kuz yoki qish oylarida pandemiyaning ikkinchi to’lqini yuz berishidan xavotirda ekanligini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, COVID-19ga qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlar doirasida mart oyidan buyon yopiq bo’lgan universitetlar sentyabr oyida ochiladi. Universitetlarda niqob taqish qat’iyan talab qilinadi. Fransiyada niqob taqishdan bosh tortganlar 135 yevro jarima to’laydi.

Avstraliyaning qurbonlar soni ko’p bo’lgan shtati Viktoriyada yana 8 kishi virus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab virus qurbonlarining umumiy soni 361 nafarga yetdi, kasallanganlar soni 21 ming atrofida.

 


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #koronavirus

Aloqador xabarlar