Mishel Aun:"Bayrutdagi portlash tufayli moddiy zarar 15 mlrd dollardan ko‘proq"

4 avgust kuni Bayrutda yuz bergan portlash tufayli shaharga yetgan moddiy zarar 15 mlrd dollardan ko‘proqqa baholanmoqda.  Bu haqda mamlakat prezidenti Mishel Aun ma’lum qildi.

1472134
Mishel Aun:"Bayrutdagi portlash tufayli moddiy zarar 15 mlrd dollardan ko‘proq"

 

4 avgust kuni Bayrutda yuz bergan portlash tufayli shaharga yetgan moddiy zarar 15 mlrd dollardan ko‘proqqa baholanmoqda.  Bu haqda mamlakat prezidenti Mishel Aun ma’lum qildi.

NNA rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, Livan prezidenti Mishel Aun Ispaniya qiroli Filipp VI bilan suhbatda shahardagi moddiy zarar haqida gapirib o‘tgan.

Ispaniya qiroli Filipp VI suhbat vaqtida fojia munosabati bilan Livan xalqiga hamdardlik bildirgan hamda yordam berishga tayyorligini ma'lum qilgan.

Livan ichki xavfsizlik boshqarmasi ma’lum qilishicha, portlashdan keyin shahardagi turar-joy fondiga yetkazilgan zararni aniqlash ishlari ketmoqda.

Ularga ko‘ra, Livan poytaxtidagi portlash 3972 binoning butkul yoki qisman vayron bo‘lishiga hamda 4214 ta avtomobilga zarar yetishiga olib kelgan. 

Bundan tashqari, portlashda halok bo’lgan, biroq kimligi aniqlana olmaganlarning aniqlash, shuningdek bedarak yo’qolganlarning shaxsini aniqlash maqsadida mutahassislardan iborat guruh tuzilgani ma’lum qilindi.

Eslatish joizki, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutning portidagi 12-omborda kuchli portlash ro’y bergandi.

Livan prezidenti Mishel Aun portlashga 6 yildan buyon omborda saqlanib kelinayotgan 2750 tonna ammiak selitrasi sabab bo’lganini ma’lum qilgan.

Livan sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko’ra, portlash oqibatida 171 kishi halok bo‘lgan, 6 mingga yaqin kishi yaralangan, ulardan 120 nafari reanimatsiya og’ir ahvolda yotibdi, 1500 nafariga og’ir tan jarohati yetgan. Taxminan 40 kishi bedarak yo‘qolgan.

Livan xalqi ushbu fojiada hukumatni korrupsiya va mas'uliyatsizlikda ayblamoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Mishel Aun , #Bayrut

Aloqador xabarlar