Rossiya Bolgariyaning rus diplomatlar haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida Bolgariyaning ushbu qarori “achinarli” deb baholandi. “Buni Rossiya va Bolgariya o’rtasidagi aloqalarga zarar berish maqsadida qasddan sodir etilgan tashabbus deb baholaymiz”,-deyiladi bayonotda.

1496736
Rossiya Bolgariyaning rus diplomatlar haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

 

Rossiya Bolgariya prokuraturasi tomonidan rossiyalik ikki diplomatni “Persona non grata” deb e’lon qilinganiga munosabat bildirdi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida Bolgariyaning ushbu qarori “achinarli” deb baholandi.

“Buni Rossiya va Bolgariya o’rtasidagi aloqalarga zarar berish maqsadida qasddan sodir etilgan tashabbus deb baholaymiz”,-deyiladi bayonotda. Shuningdek, bunga qarshi keskin javob berilishi qayd etildi.

Bolgariya prokuraturasi Rossiyaning ikki diplomatini josuslikda ayblab, “Persona non grata” deb e’lon qilgandi va diplomatlarning mamlakat hududlarini tark etishi uchun 72 soat muhlat bergandi.

Bu Rossiya diplomatlari josuslikda ayblangan birinchi holat emas.

6 iyunda Chexiya va 10 avgustda Slovakiya ikki nafardan rus diplomatni josuslikda ayblab, deportatsiya qilgandi. Shuningdek, 18 avgustda Norvegiya, 24 avgustda Avstriya bir nafardan rus diplomatni mamlakat hududlaridan chiqarib yuborgandi.

 



Aloqador xabarlar