Sergey Lavrov Moskvada Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Astana formati Suriya konstitutsion qo’mitasi tashkil etilishida muhim ro’l o’ynaganligini ma’lum qildi.

1497102
Sergey Lavrov Moskvada Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov poytaxt Moskvada Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng ikki yetakchi qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Lavrov Suriya rejimi va muholifat o’rtasida amalga oshirilishi rejalangan uchrashuv Astana formatida o’tkazilishini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu format Suriyadagi tomonlar o’rtasida o’zaro kelishmovchiliklarga barham berish maqsadida tashkil etilgan.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Astana formati Suriya konstitutsion qo’mitasi tashkil etilishida muhim ro’l o’ynaganligini ma’lum qildi.

U Rossiya, Eron va Turkiya Suriya konstitutsion qo’mitasi faoliyatlarini yo’lga qo’yish bo’yicha hamkorlik qilganligini ta’kidladi.

“Rossiya, Eron va Turkiya Suriya konstitutsion qo’mitasi faoliyatlarini yo’lga qo’yish bo’yicha hamkorlikni davom ettirmoqda. Bu tabiiy holat. Chunki, bu jarayonda hal qilinishi o’ta zarur bo’lgan bir qator muammolar yuzaga kelmoqda”,-deb aytadi Sergey Lavrov.

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ham Astana formati Suriya konstitutsion qo’mitasi tashkil etilishida muhim omil bo’lib xizmat qilganligini ma’lum qildi.

Eslatma: Suriyada keskinlikdan holi zona tashkil etilishini nazarda tutgan Astana formati 2017 yil mayda Turkiya, Rossiya va Eron tomonidan imzolangan kelishuv asosida kuchga kirgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar