Nigeriyada ikki kunlik motam e'lon qilindi

Nigeriyaning Kogi shtatida yonilg'i tankerining portlashi oqibatida halok bo'lganlar soni 30 nafarga yetdi. Fojia munosabati bilan mamlakatda 25-26 sentyabr kunlari ikki kunlik motam e'lon qilindi.

1497295
Nigeriyada ikki kunlik motam e'lon qilindi

 

Nigeriyaning Kogi shtatida yonilg'i tankerining portlashi oqibatida halok bo'lganlar soni 30 nafarga yetdi.

Fojia munosabati bilan mamlakatda 25-26 sentyabr kunlari ikki kunlik motam e'lon qilindi.

Kogi shtati vakillari ma'lum qilishicha, bu voqea shtatning Felele hududidagi Lokoja-Abuja avtomagistralida ro'y bergan. Portlashda 30 kishi halok bo'lgan, 15 kishi jarohatlangan.

Prezident matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy Felele hududida ro'y bergan fojiali voqeadan iztirobda ekanligini ma'lum qildi.

Buxoriy fojiada halok bo'lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi, yaradorlarga shifo tiladi.

Kecha, 24 sentyabr kuni mamlakatning Felele hududidagi Lokoja-Abuja avtomagistralida yonilg'i tankerining 5ta mashinaga borib urilishi oqibatida vayronkor portlash yuzaga kelgandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 23 kishi halok bo'lgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #motam , #Nigeriya

Aloqador xabarlar