Dunyoda 42 mlndan ortiq bemor koronavirusdan sog'aydi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 426 mingga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 60 mln 721 mingni tashkil qilmoqda. 42 mlndan ortiq bemor sog’aydi.

1534649
Dunyoda 42 mlndan ortiq bemor koronavirusdan sog'aydi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1 mln 426 mingga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 60 mln 721 mingni tashkil qilmoqda. 42 mlndan ortiq bemor sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 268 ming 221 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlarning umumiy soni esa, 13 mln 138 mingni tashkil qilmoqda.

Virusning tarqalish darajasi takror avj olgan Yevropada COVID-19ning ikkinchi to’lqini davom etmoqda.

Buyuk Britaniyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 56 ming 533 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1 mln 557 mingni tashkil qilmoqda.

Buyuk Britaniyada 15 dekabrdan boshlab mamlakatga kelgan yo’lovchilarga COVID-19ga qarshi test qildirish majburiy bo’ladi va kamida bir hafta karantin rejimiga amal qilishi talab qilinadi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlar soni 52 ming 28 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 1 mln 480 mingni tashkil qilmoqda.

Fransiyada koronavirus qurbonlarining umumiy soni 50 ming 618 nafarga yetdi. Mamlakatda virus yuqtirib olganlar soni 2 mln 170  mingni tashkil qilmoqda.

Germaniyada COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 15 ming 381 nafarga yetdi. Virusdan kasallanganlar soni 983 ming 731 nafarni tashkil qilmoqda. Germaniya kantsleri Angela Merkel epidemiya tarqalishini oldini olishga qaratilgan cheklovlar 20 dekabrga qadar davom etishini, agar zarur holatlarda cheklovlar muddati yanvar oyigacha uzaytirilishi mumkinligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar