Shri-Lankadagi teraktlarda halok bo'lganlar orasida turklar ham bor...

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotga ko'ra, 2 nafar turk muhandis portlashlarda halok bo’lgan.

1187443
Shri-Lankadagi teraktlarda halok bo'lganlar orasida turklar ham bor...

 

Shri-Lankadagi mehmonxonalar va katolik cherkovlarida sodir bo’lgan ketma-ket teraktlarda qurbonlar soni 185 kishiga yetdi.

Ma’lumotlarga ko’ra, qurbonlar orasida 2 nafar Turkiya fuqarosi ham bor.

Diplomatik manbalar buni tasdiqladi. Ularning ma’lumotiga ko’ra, 2 nafar turk muhandis portlashlarda halok bo’lgan.

Eslatma: Bugun, 21 aprel yakshanba kuni Shri Lanka poytaxti Kolombo shahri markazidagi uchta lyuks mehmonxona – “Shangri-La”, “Tsinnamon Grand” va “Kingsberi” otelida, katolik cherkovida portlashlar ro‘y berdi. Xuddi shu vaqtda poytaxt yaqinidagi Negombo va Battikaloa shahridagi cherkovlarda ham portlashlar sodir etilgan. Cherkovlarda bu vaqtda Pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar davom etayotgan edi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 185 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan. Mamlakatda komendantlik soati joriy etildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shri Lanka , #terakt , #turk

Aloqador xabarlar