Afg‘oniston poytaxti Kobulda Aloqa vazirligi binosiga hujum sodir etildi
Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, vazirlik binosiga hujum qilgan 4 jangari maxsus operatsiyada yo’q qilingan.
1187671
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri markazida, Aloqa vazirligi binosi yaqinida portlash sodir etildi.
Portlashda 7 kishi halok bo’ldi.
Kobul xavfsizlik boshqarmasi vakili Basir Mujohit bu haqda ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, shahar markazida joylashgan Aloqa vazirligi binosi oldida kuchli portlash sodir etilgan. Portlashdan so’ng, jangarilar binoga bostirib kirishgan. So’ngra xavfsizlik kuchlari bilan jangarilar o’rtasida otishma boshlangan.
Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, vazirlik binosiga hujum qilgan 4 jangari maxsus operatsiyada yo’q qilingan. Portlashda 7 kishi halok bo’lgan. Bulardan 4 nafari tinch aholi vakillari. 8 kishi yaralangan.
Hujum uchun javobgarlikni hech bir terror guruhi o’z zimmasiga olmagan.