BMT bosh kotibi Antonio Guterres Shri Lanka xalqiga hamdardlik bildirdi

Antonio Guterres hujum javobgarlari qonun oldida javob berishiga ishonchi komil ekanligini ta'kidladi.

1187754
BMT bosh kotibi Antonio Guterres Shri Lanka xalqiga hamdardlik bildirdi

 

 

BMT bosh kotibi Antonio Guterres Shri Lankadagi mehmonxonalar va katolik cherkovlarida ketma-ket sodir etilgan portlashlarni qoraladi.

Guterres butun dunyoda xristianlar uchun muqaddas bo’lgan Pasxa bayrami munosabati bilan mehmonxonalar va cherkovlarda o’tkazilayotgan marosimlarda terakt sodir etilganligidan qayg’uda ekanligini ma’lum qildi.

Barcha ibodatgohlar insoniyat uchun muqaddas ekanligini tilga olgan Guterres portlashlarda halok bo’lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

U hujum javobgarlari qonun oldida javob berishiga ishonchi komil ekanligini ta'kidladi.

BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi rahbari Maria Espinosa ham tvitterda Shri Lanka xalqiga nisbatan sodir etilgan "alq bovar qilib bo’lmaydigan" terrorchilik harakatidan chuqur iztirobda ekanligini ma’lum qildi.

“Birdam bo’lish, bunday vahshiy hujumlarni qoralash va begunoh insonlarning nishonga olinishini bas qilish kerak”,-deb yozdi u tvitterda.

Eslatma: Kecha, 21 aprel yakshanba kuni Shri Lanka poytaxti Kolombo shahri markazidagi uchta lyuks mehmonxona – “Shangri-La”, “Tsinnamon Grand” va “Kingsberi” otelida, katolik cherkovida portlashlar ro‘y berdi. Xuddi shu vaqtda poytaxt yaqinidagi Negombo va Battikaloa shahridagi cherkovlarda ham portlashlar sodir etilgan. Cherkovlarda bu vaqtda Pasxa bayrami munosabati bilan ibodatlar davom etayotgan edi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Antonio Guterres , #Shri Lanka , #terakt

Aloqador xabarlar