Shri Lankada sodir bo'lgan portlashlarda qurbonlar soni 290 kishiga yetdi

Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko‘ra, hujumlarning deyarli barchasi xudkush-terrorchilar tomonidan sodir etilgan.

1187817
Shri Lankada sodir bo'lgan portlashlarda qurbonlar soni 290 kishiga yetdi

 

 

Kecha, 21 aprel yakshanba kuni Shri Lankada turli katolik cherkovlarida va mehmonxonalarda Pasxa bayrami munosabati bilan o’tkazilayotgan marosimlarda sodir etilgan 8 ta portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafarga yetdi.

Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko‘ra, hujumlarning deyarli barchasi xudkush-terrorchilar tomonidan sodir etilgan.

Tekshiruvlarda aniqlanishicha, portlashlarni sodir etishda jami 7 nafar xudkush-terrorchi ishtirok etgan.

Bu haqda Shri Lanka sud-medekspertiza markazi xodimi Ariyananda Velinga ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, kecha tongda cherkov va mehmonxonalarda sodir etilgan 6 ta teraktni 7 nafar xudkush-terrorchi sodir etgan.

Uning so’zlariga ko’ra, voqea joyidan to’plangan jasad bo’laklari ustida olib borilgan medekspertiza tekshiruvlarida teraktlar xudkush-terrorchilar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mehmonxona va cherkovlarda xudkush-terrorchilarning jasadlaridan bo’laklar topilganligini ma’lum qilgan Velinga, poytaxt Kolombo yaqinlaridagi so’ngi portlash joyida tekshiruv davom etganligini bildirdi.

Eslatma: Kecha Shri Lankada sodir bo’lgan 8ta teraktda qurbonlar soni 290 kishiga yetdi. 500dan ortiq kishi tan jarohati olgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Shri Lanka , #terakt , #xudkush-terrorchi

Aloqador xabarlar