AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ar-Riyodda shahzoda Salmon bilan uchrashdi

Ikki yetakchi Saudiya Arabistonining “Saudi Aramco” davlat neft kompaniyasining Abqayq va Xuraysdagi ob’yektlariga nisbatan sodir etilgan dronlar hujumiga ko’z yumib bo’lmasligini ma’lum qildilar.

1272466
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ar-Riyodda shahzoda Salmon bilan uchrashdi

 

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashdi.

Ikki yetakchi uchrashuv chog’ida Eron masalasini muhokama qildi.

Ular Saudiya Arabistonining “Saudi Aramco” davlat neft kompaniyasining Abqayq va Xuraysdagi ob’yektlariga nisbatan sodir etilgan dronlar hujumiga ko’z yumib bo’lmasligini ma’lum qildilar.

Bu haqda AQSh davlat kotibligi vakili Morgan Ortagus yozma bayonot berdi.

“Pompeo va valiahd shahzoda Salmon Saudiya Arabistonidagi “Saudi Aramco” davlat neft kompaniyasining Abqayq va Xuraysdagi ob’yektlariga Eron tomonidan dronlar vositasida sodir etilgan hujum tafsilotlarini muhokama qildi. Yetakchilar bu hujum nafaqat Saudiya xalqining, balki u yerda yashagan amerikaliklarning ham hayotiga xavf solganligini, qolaversa mamlakatdagi neft ishlab chiqarish sektoriga jiddiy tahdid solganligi xususida hamfikr bo’ldilar”,-deyiladi bayonotda.

Ikki yetakchining fikricha, Eronga qarshi xalqaro hamjamiyat bir yoqadan bosh chiqarishi va Eronning mintaqadagi hujumlarini to’xtatishi kerak.

Eslatish joizki, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ar-Riyodga yetib borishdan oldin samolyotda muhbirlarga bergan intervyusida, hujumlar uchun javobgarlikni yamanlik husiylar o‘z zimmasiga olganiga qaramay, Eronni ayblagandi va hujumni “urushga eng katta sabab” deb baholagandi.

Mayk Pompeo Eronga sanksyalarni kuchaytirish to’g’risida buyruq bergandi.

 

 



Aloqador xabarlar