Afg’onistonning Zobul viloyatida sodir etilgan portlashda qurbonlar soni 15 kishiga yetdi

Ichki ishlar vazirligi xodimi Nasrat Rahimiy ma’lum qilishicha, og’ir ahvolda bo’lgan yaradorlar bor. Shu sababli qurbonlar sonining ortishi taxmin qilinmoqda.

1272645
Afg’onistonning Zobul viloyatida sodir etilgan portlashda qurbonlar soni 15 kishiga yetdi

 

 

Afg’onistonning Zobul viloyati markazi Qalotda sodir etilgan portlashda qurbonlar soni 15 kishiga yetdi. Halok bo’lganlardan biri politsiya xodimi. Yaradorlar soni esa 66 kishini tashkil qilmoqda.

Bomba joylashtirilgan avtomobil vositasida sodir etilgan portlashda dastlab 7 kishining halok bo’lganligi ma’lum qilingandi.

Xavfsizlik kuchlari ma’lum qilishicha, portlash sodir etilgan hudud yaqinida Zobil shifoxonasi joylashgan, jarohatlanganlar orasida ko’plab bemorlar va ularning yaqinlari ham bor.

Ichki ishlar vazirligi xodimi Nasrat Rahimiy ma’lum qilishicha, og’ir ahvolda bo’lgan yaradorlar bor. Shu sababli qurbonlar sonining ortishi taxmin qilinmoqda.

Portlash uchun javobgarlikni “Tolibon” harakati zimmasiga olgan.

“Tolibon” harakati hujumda ko’plab xavfsizlik xodimi o’ldirilganligini iddao qildi.

Shuningdek, Afg’oniston sharqida qurolli dron vositasida sodir etilgan hujumda kamida 30 kishi halok bo’ldi. Ularning aksariyati tinch aholi vakillari. Hujumda 40 kishi yaralangan.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Zobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar