Vladimir Putin o‘zining oylik maoshini 4.3 foizga oshirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining oylik maoshini hamda bosh vazirga to’lanadigan oylik maosh miqdorini 2019 yil 1 oktyabridan e’tiboran 4.3 foizga oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

1283745

Putin ushbu farmonni o’zining tug’ilgan kuni arafasida imzoladi.

Farmonga muvofiq, Mudofaa vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri, Ichki ishlar vaziri bilan bir qatorda, Federal xavfsizlik xizmati (FSB), Bosh prokuratura va Tergov qo‘mitasi rahbari kabi qator idoralar rahbarlarining oylik maosh miqdori oshirilgan.  

Putinning o’tgan yilgi prezident maoshi 8.6 mln rubl edi. Bu esa taxminan 132 ming AQSh dollariga to’g’ri keladi.

Eslatma: Vladimir Putin 2015 yilda byudjet taqchilligi bois davlat yuqori xizmatchilarining maoshlarini 10 foizga qisqartirishni buyurgandi. 2019 yil mayda ularning maoshlari avvalgi darajaga qaytgan.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin  (1952 yil) 7 oktyabr kuni 67 yoshga to’ldi.

Tanlangan kalimalar: #oylik maosh , #Vladimir Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar