Misrda 1070 nafar o’qituvchi ishdan olindi

Ma’lumotga ko’ra, 1070 nafar o’qituvchi ishdan haydalgan. Bunga sabab ularning Musulmon qardoshlar tashkilotiga a’zo bo’lganligi yoki sud qarori bilan jazoga hukm qilinganligidir.

1283798
Misrda 1070 nafar o’qituvchi ishdan olindi

 

Misrda 1070 nafar o’qituvchi Musulmon qardoshlar tashkilotiga (Ihvan) a’zo ekanligi sababli ishdan olindi.

Bu haqda Misr xalq ta’limi vaziri Tarik Shevki matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, 1070 nafar o’qituvchi ishdan haydalgan. Bunga sabab ularning Musulmon qardoshlar tashkilotiga a’zo bo’lganligi yoki sud qarori bilan jazoga hukm qilinganligidir.

Misr xalq ta’limi vazirining ta’kidlashicha, o’qituvchilik kasbini ijro etganlar o’ziga xos mohiyatga ega bo’lishi kerak.

Ishdan haydalgan o’qituvchilar xozircha ushbu qaror haqida biron fikr bildirishmagan.

Eslatma: Misrda demokratik saylov natijasida prezident lavozimini egallagan Muhammad Mursiy 2013 yil 3 iyulda harbiy to’ntarish natijasida lavozimdan chetlatilgach, bir qator shaharda namoyishlar bo’lib o’tgandi. Namoyishlarda ishtirok etgan Musulmon qardoshlar tashkilotiga a’zo minglab kishi turli bahonalar bilan qo’lga olingandi.

To’ntarishdan so’ng, to’plangan vazirlar mahkamasi 2013 yil 25 dekabr kuni Musulmon qardoshlar tashkilotini (Ihvan) “terror tashkiloti” deb e’lon qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar