Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyatida kuchli portlash sodir etildi

Portlash oqibatida 3 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

1285435
Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyatida kuchli portlash sodir etildi

 

Afg’oniston shimolidagi Faryob viloyatida kuchli portlash sodir etildi.

Portlashda 3 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi.

Faryob politsiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, viloyatning Choymat mahallasida yo’l chetiga joylashtirilgan bomba ommaviy transport vositasi o’tib ketayotgan paytda portlagan.

Hodisada 3 kishi halok bo’lgan, 3 kishi jarohatlangan.

Bombaning “Tolibon” harakati tomonidan yo’lga joylashtirilganligi taxmin qilinmoqda.

Guvohlarning aytishicha, portlashning kuchi bilan yaqin masofada turgan harbiy vositaga katta ziyon yetgan.

“Tolibon” harakati hozircha voqea haqida biron izoh bildirmadi.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Faryob , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar