Eronda qo’lga olingan rossiyalik jurnalist Yuliya Yuzik qo’yib yuborildi

“Rossiya tashqi ishlar vazirligi va Rossiyaning Tehrondagi elchixonasining hamkorlikdagi sa'y-harakatlari natijasida Eron tomonidan Rossiya fuqarosi Yuliya Yuzikni ozod qilishga qaror qilindi",-deyilgan xabarda.

1285461
Eronda qo’lga olingan rossiyalik jurnalist Yuliya Yuzik qo’yib yuborildi

 

Eron poytaxti Tehronda qo’lga olingan rossiyalik jurnalist Yuliya Yuzik qo’yib yuborildi.

Eron matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, o’tgan hafta 2 oktyabr kuni Tehrondagi mehmonxonada qo’lga olingan jurnalist Yuliya Yuzik qo’yib yuborilgach, Moskvaga qaytgan.

“Rossiya tashqi ishlar vazirligi va Rossiyaning Tehrondagi elchixonasining hamkorlikdagi sa'y-harakatlari natijasida Eron tomonidan Rossiya fuqarosi Yuliya Yuzikni ozod qilishga qaror qilindi. U 10 oktyabr kuni ertalabki reysda Erondan Moskvaga uchib ketdi”,- deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, Tehrondagi Imom Husayni Xalqaro aeroportida jurnalistning noma'lum sabablarga ko‘ra passporti olib qo’yilgan. So’ngra u kelib joylashgan mehmonxonada Inqilob gvardiyachilari tomonidan qo’lga olingan. Ushbu voqea yuzasidan Eronning Rossiyadagi elchisi Mehdi Sanai Rossita tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Xorijiy gazetalarda tarqalgan xabarlarga ko’ra, rus jurnalist josuslikda gumon qilinib, qo’lga olingandi.

Biroq, Eron hukumatining rasmiy vakili Ali Robiy ma’lum qilishicha, rossiyalik jurnalist Yuliya Yuzikning qo’lga olinishi josuslik bilan aloqali emas, balki viza muammolaridan kelib chiqqan. Ushbu masala tez vaqt ichida o’z natijasini topadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #jurnalist , #Rossiya , #Yuliya Yuzik

Aloqador xabarlar