Donald Tramp:"Harbiylarimizni Turkiya-Suriya chegarasida yana 50 yil ushlab tura olmaymiz”

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi saylovoldi targ’ibotlari vaqtida AQSh harbiylarini Suriya shimolidan olib chiqib ketish to’g’risidagi qaroriga aniqlik kiritdi.

1287075

“O’z chegaralarimizni qo’riqlash o’rniga harbiylarimizni Turkiya-Suriya chegarasida yana 50 yil ushlab tura olmaymiz”,-deb aytgan Donald Tramp.

Prezident shuningdek, YPG/PKK terror tashkiloti Turkiya chegarasidan chekinish arafasida ekanligini va bundan umidvorligini ma’lum qilgan.

O’tgan yili Iroq bilan mintaqaviy kurd boshqaruvi o’rtasida ikkilanib qolganligini tilga olgan Tramp, bu safar Turkiya bilan YPG va PKK o’rtasida qolganligini ilgari surdi.

“YPG va PKK Turkiya chegarasi bo’ylab 22 mil-30 kmlik maydondan chekinish arafasidadir va bu ijobiy o’zgarish. Qo’ying turklarning chegarasi o’ziga buyursin! Umid qilamanki, chegara hududlaridan chekinadilar, chunki samolyotingiz yo’q ekan, harbiy samolyotga ega bo’lgan bir kuchni yengish juda qiyin…”,- deb aytgan Donald Tramp.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar