Afg’onistonda Chag’atu tumani hokimi Roz Muhammad Vaziriy suiqasd qurboni bo'ldi

“Tolibon” harakati Maydan Vardak viloyati Chag’atu tumani hokimi Roz Muhammad Vaziriyga suiqasd sodir etganligini tan oldi.

1287123
Afg’onistonda Chag’atu tumani hokimi Roz Muhammad Vaziriy suiqasd qurboni bo'ldi

 

Afg’onistonning Maydan Vardak viloyati Chag’atu tumani hokimi Roz Muhammad Vaziriy poytaxt Kobulda qurolli suiqasdga uchradi.

Bu haqda Kobul xavfsizlik boshqarmasi xodimi Firdavs Faramarz ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Chag’atu tumani hokimi Roz Muhammad Vaziriyga Kobulda qurolli suiqasd sodir etilgan.

Vaziriy voqea joyida halok bo’lgan.

Jinoyat yuzasidan tergov surishtiruv ishlari boshlandi.

Suiqasdni “Tolibon” harakati zimmasiga oldi.

 

 

 



Aloqador xabarlar