Mark Esper:"AQSh Suriya shimolidan 1000 ta harbiyini olib chiqib ketadi"

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper prezident Donald Trampning bu haqdagi qarorini e'lon qildi.

1287219
Mark Esper:"AQSh Suriya shimolidan 1000 ta harbiyini olib chiqib ketadi"

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Suriya shimolidan 1000 ta harbiyini olib chiqib ketmoqda

Prezident Donald Trampning bu haqdagi qarori mudofaa vaziri Mark Esper tomonidan ma'lum qilindi.

AQSh telekanaliga intervyu bergan Mark Esper "Suriya shimolidan 1000 nafar harbiyimizni olib chiqib ketyabmiz",-dedi.

Uning ta'kidlashicha, bu qaror yaqin kunlarda kuchga kiradi.

Mark Esper milliy xavfsizlik guruhi bilan amalga oshirilgan muzokaralardan so'ng, Tramp bilan uchrashganligini ma'lum qildi.

Mark Esperning aytishicha, uchrashuvda Donald Tramp unga Suriya shimolidan harbiylarni bosqichma-bosqich olib chiqib ketishni boshlash to'g'risida buyruq bergan.

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar