Mayk Pens va Mayk Pompeo bugun Turkiyaga tashrif buyurmoqda

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiyaga tashrifi chog’ida Suriya masalasini muhokama qiladi.

1288978
Mayk Pens va Mayk Pompeo bugun Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

 

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo boshchiligidagi delegatsiya bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda matbuotga bergan brifingda ma’lum qilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Turkiyaga tashrifi chog’ida Suriya masalasini muhokama qiladi.

“Amerika harbiylari Yaqin sharqqa “politsiyalik” qildi. Endi ularning uyga qaytish vaqti yetib keldi. Pens va Pompeo boshchiligidagi delegatsiyamiz sulh talab qiladi”,-deb aytgan Donald Tramp.

Ma’lumotga ko’ra, Mayk Pens 17 oktyabr payshanba kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan uchrashadi.

Uchrashuvda Suriya shimoli sharqida sulh tuzish masalasini muhokama qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mayk Pompeo , #Mayk Pens , #AQSh

Aloqador xabarlar