Eron shimolida 5.9 bal zilzila ro’y berdi

Zilzila oqibatida 6 kishi halok bo’ldi, 300dan ortiq kishi jarohatlandi.

1302845
Eron shimolida 5.9 bal zilzila ro’y berdi

 

Eron shimolidagi Sharqiy Ozarbayjon viloyatida 5.9 bal zilzila ro’y berdi.

Zilzila oqibatida 6 kishi halok bo’ldi, 300dan ortiq kishi jarohatlandi.

Tehron Universiteti qoshidagi seysmologiya markazi ma’lum qilishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 02:17da Sharqiy Ozarbayjon viloyatida yerning 8 km chuqurligida qayd qilingan.

Ta'kidlanishicha, birinchi zilziladan keyin ketma-ket 4,1- 4,8 bal atrofida yer silkinish hodisasi kuzatilgan.

Eron davlat televideniyesi zilzilada 6 kishi halok bo’lganligini, 300 dan ortiq kishi jarohatlanganligini xabar qildi.

Zilzila mamlakatning Gilan, Zenjan, Erdebil va Kazvin viloyatlarida ham sezilgan va talofatlarga sabab bo’lgan.


Tanlangan kalimalar: #Sharqiy Ozarbayjon , #zilzila , #Eron

Aloqador xabarlar