Qirol Salmon AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jina Xespelni qabul qildi

Saudiya matbuot agentligi SPA xabar berishicha, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz va Jina Xespel o‘zaro manfaatli qator mavzularni muhokama qilgan.

1302849
Qirol Salmon AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jina Xespelni qabul qildi

 

 

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ar-Riyodda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Jina Xespelni qabul qildi.

Bu haqda Saudiya matbuot agentligi SPA xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Qirol Salmon va Jina Xespel o‘zaro manfaatli qator mavzularni muhokama qilgan.

Uchrashuvda Saudiya tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon bin Abdulloh Ol Saud, ichki ishlar vaziri shaxzoda Abdulaziz bin Saud bin Noyif, qirollik milliy razvedkasi direktori Xolid Ali al-Hamidon va AQShning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muhtor elchisi John Abizaid ham ishtirok etgan.

Uchrashuvda aynan qanday masalalar to‘g‘risida muhokama borganligiga doir aniqlik kiritilmagan.

Mazkur uchrashuv Yaman hukumati va mamlakat janubidagi ayirmachilar Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda harbiy to‘qnashuvni to‘xtatish to‘g‘risida tinchlik kelishuvi imzolaganidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi.

Jahon hamjamiyati mazkur kelishuvni yuqori baholadi.

 

 



Aloqador xabarlar