Iroqdagi namoyishlarda qurbonlar soni 250 dan oshdi

Bag‘dodda oktyabr oyi oxirida komendantlik soati joriy etilgandi, bunga qaramay namoyishlar hamon davom etmoqda.

1303006
Iroqdagi namoyishlarda qurbonlar soni 250 dan oshdi

 

 

Iroq poytaxti Bag‘dodda o’tgan oy boshlangan hukumatga qarshi namoyishlar hamon davom etmoqda.

Namoyishlarda o‘n minglab kishilar ishtirok etmoqda. Mamlakatda avj olgan korrupsiya, ishsizlik darajasining yuqoriligi va davlat xizmatlarining qoniqarsiz faoliyati iroqlik yoshlarning noroziligiga sabab bo’lgan omillardir.

Basra viloyatidagi namoyishlarda yuzaga kelgan voqealarda 3 kishi halok bo’ldi, 30 kishi jarohatlandi.

Guvohlarning ta’kidlashicha, xavfsizlik kuchlari viloyat hokimligi binosi oldidagi namoyishchilarni tarqatish uchun qattiq kuch ishlatgan va o’q otar qurollardan foydalangan.

Eslatish joizki, 1 oktyabr kuni poytaxt Bag‘dodda boshlangan namoyishlarga Erbayn marosimlari tufayli tanaffuz berilgandi. Ko‘chalarda ishsizlik va korrupsiyani yo‘qotishni talab qilgan minglab yoshlar 25 oktyabrda takror namoyishlarni boshladi.

Xavfsizlik xizmati xodimlari bilan to‘qnashuvlarda shu vaqtgacha jami 250dan ortiq kishi halok bo‘lgan, mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Bag‘dodda oktyabr oyi oxirida komendantlik soati joriy etilgandi, bunga qaramay namoyishlar hamon davom etmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #namoyish , #Iroq

Aloqador xabarlar