Pokistonning Panjob viloyatida xavfsizlik kuchlariga hujum sodir etildi

Hujumda ikki nafar politsiya xodimi, ikki nafar razvedkachi va bir muhbir halok bo'ldi.

1303928
Pokistonning Panjob viloyatida xavfsizlik kuchlariga hujum sodir etildi

 

 

Pokistonning Panjob viloyatida xavfsizlik kuchlariga oid xizmat mashinasiga hujum sodir etildi.

Hujumda ikki nafar politsiya xodimi, ikki nafar razvedkachi va bir muhbir halok bo'ldi.

Panjob xavfsizlik boshqarmasi xodimi Xalim Kureyshi ma'lum qilishicha, Rajanpur hududida xavfsizlik kuchlariga oid mashina pistirmaga tushirilgan.

Hujumda besh kishi halok bo'lganligini ma'lum qilgan Kureyshi, halok bo'lganlarning ikki nafari politsiya xodimi, ikki nafari razvedkachi va bir nafari muhbir ekanligini tasdiqladi.

Hujum uchun javobgarlikni hech bir terror guruhi zimmasiga olmadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Pokiston

Aloqador xabarlar