AQShning Janubiy Dakota shtatida samolyot halokati ro’y berdi

Fojiada samolyot bortida bo’lgan 9 yo’lovchi halok bo’ldi.

1315388
AQShning Janubiy Dakota shtatida samolyot halokati ro’y berdi

 

AQShning Janubiy Dakota shtatida samolyot halokati ro’y berdi.

Fojiada samolyot bortida bo’lgan 9 yo’lovchi halok bo’ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Janubiy Dakotaning Chamberlain shahridagi aeroportdan parvoz qilgan samolyot ko’p o’tmay qulab tushgan.

Tegishli vakillar ma’lum qilishicha, “Pilatus PC-12” rusumli yakka motorli samolyot bortida jami 12 kishi bo’lgan. Fojiada 9 kishi halok bo’lgan. Ulardan 2 nafari yosh bola. Uch kishi tirik qolgan. Qurbonlar orasida samolyot uchuvchisi ham bor.

Fojia sabablari tekshirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #samolyot halokati , #Dakota , #AQSh

Aloqador xabarlar