Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdiy iste'foga chiqishga qaror berdi

Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdiy Iroqda ikki oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar ortida iste'foga chiqishini ma’lum qildi.

1315412
Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdiy iste'foga chiqishga qaror berdi

 

Iroq bosh vaziri Odil Abdulmehdiy Iroqda ikki oydan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar ortida iste'foga chiqishini ma’lum qildi.

U kecha hukumat tomonidan o’tkazilgan favqulodda majlisda iste’fo arizasini o’qib eshittirdi.

“Men shiya diniy vakil Ali as-Sistoniyning chaqirig’iga amal qilgan holda, mamlakatda hukm surgan muhitni ko’zda tutib, parlamentga yangi nomzodlarni ko‘rib chiqishiga imkon berish maqsadida bosh vazir lavozimidan ketishim haqidagi rasmiy talabimni qabul qilishingizni so’rayman”,- deb aytgan Abdulmehdiy.

Ushbu iste’fo parlament tomonidan qabul qilingunicha, u o’z vazifasini davom ettiradi.

Bosh vazir bu bayonotni iroqlik shialar o‘rtasida eng nufuzli diniy shaxs hisoblangan Ali as-Sistoniyning juma namozdagi ma'ruzasidan keyin bergan.

As-Sistaniy parlamentni Iroq hukumati borasida o‘z tanlovini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgandi. 

Iroqda 1-oktyabrdan buyon hukumatga qarshi aholining norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Xalq hukumat iste’fosi, korrupsiyaga qarshi kurash, ishsizlikni bartaraf qilish va aholining turmush sharoitini yaxshilashni talab qilmoqda.

Norozilik namoyishlari vaqtida politsiya va olomon o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 350 dan ortiq aholi halok bo‘ldi, 15 mingdan ortiq tinch aholi vakillari turli jarohatlar oldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #iste'fo , #Odil Abdulmehdiy , #Iroq

Aloqador xabarlar