Kobulda xavfsizlik kuchlariga qarshi qurolli hujum sodir etildi

Hujumda ikki nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgan, uch nafari jarohatlangan.

1315910
Kobulda xavfsizlik kuchlariga qarshi qurolli hujum sodir etildi

 

Afg'oniston poytaxti Kobulda xavfsizlik kuchlariga qarshi qurolli hujum sodir etildi.

Hujumda ikki nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

Bu haqda Afg'oniston ichki ishlar vazirligi xodimi Nasrat Rahimiy ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, xavfsizlik kuchlari Kobulning Yaka Tutu hududida kimligi noma'lum qurolli kishilarning hujumiga uchragan.

Hujumda ikki nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgan, uch nafari jarohatlangan.

Hujumni sodir etgan kishilar voqea joyidan qochishga muvaffaq bo'lishgan.

Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #qurolli hujum , #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar