2-Jahon urushida bedarak yo’qolgan rus askarlarning tobuti Rossiyaga olib kelindi

Qidirish faoliyatlarida Ukrainaning Xarkov, Poltava va Vinnitsa shaharlarida Qizil armiya safida jang qilgan 7 nafar rus askarning jasadi topildi.

1316037
2-Jahon urushida bedarak yo’qolgan rus askarlarning tobuti Rossiyaga olib kelindi
ukrayna kizil ordu askerler naas1.jpg

 

Ukrainada 2-Jahon urushida (1939-1945) bedarak yo’qolgan Qizil armiya askarlarining qabri topildi va Rossiyaga ko’chirildi.

2-Jahon urushida nemis askarlari tomonidan qatl etilgan rus askarlarining qabrini qidirib topish ishlari davom etmoqda.

Qidirish faoliyatlarida Ukrainaning Xarkov, Poltava va Vinnitsa shaharlarida Qizil armiya safida jang qilgan 7 nafar rus askarning jasadi topildi.

Rossiya hukumati Ukrainadan urushda halok bo’lgan rus askarlarning qabrini Rossiyaga topshirilishini talab qildi. Ukraina hukumati bu talabni qabul qildi.

Askar tobutlari Nekxoteyevka hududi orqali Ukraina-Rossiya chegarasidan harbiy marosim bilan olib o’tildi. Chegarada rasmiy marosim o’tkazildi. Rossiya hukumati Ukrainaga minnatdorlik bildirdi.

Ukraina Xalq tarixi yetakchisi Yaroslav Zhilkin marosimda so’zlagan nutqida, 1942 yili qariyb 260 ming askar bedarak yo’qolganligini ma’lum qildi.

Askarlarning janozalari chegarada o’tkazilgan marosimdan so’ng, Rossiyada dafn etildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #2-Jahon urushi , #Qizil armiya , #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar