Donald Tramp Oq uyda Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakisni qabul qiladi

Oq uy matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Tramp va Michotakis o'rtasidagi uchrashuv 7 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

1316480
Donald Tramp Oq uyda Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakisni qabul qiladi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Michotakis bilan Oq uyda uchrashadi.

Oq uy matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Tramp va Michotakis o'rtasidagi uchrashuv 7 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Uchrashuvda Bolqonlar va Sharqiy O'rta yer dengizidagi hamkorlik faoliyatlari muhokama qilinadi.

"Ushbu tashrif NATOda ikki kuchli ittifoqdosh bo'lgan Gretsiya va AQSh o'rtasidagi iqtisodiy, xavfsizlik va madaniy aloqalarga hissa qo'shadi",-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Trampning telekommunikatsiya xavfsizligini saqlash jihatidan 5Gning ahamiyatiga, mintaqaga salbiy ta'sirini oldini olishga va dunyo miqyosida diniy erkinlikni yaratish xususiga diqqat qaratishi qayd etildi.

 

 



Aloqador xabarlar