Londonda Donald Tramp va Jens Stoltenberg uchrashuvi bo’lib o’tdi

Mazkur uchrashuv bugun Londonda o’z ishini boshlagan NATO sammiti doirasida amalga oshirildi.

1316825
Londonda Donald Tramp va Jens Stoltenberg uchrashuvi bo’lib o’tdi

 

Londonda AQSh prezidenti Donald Tramp va NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuv bugun Londonda o’z ishini boshlagan NATO sammiti doirasida amalga oshirildi.

Tramp va Stoltenberg uchrashuvda xalqaro masalalar bo’yicha fikr almashdi.

Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning “NATO o’ldi” degan ifodasini "hurmatsizlik" deb baholadi.

Trampning eslatishicha, Turkiya prezidenti Erdo’g’an ham Fransiya prezidentining izohiga javoban, “Makronning o’zi o’ldi” degandi.

Turkiya NATOning eng yaxshi a’zosi ekanligini ta’kidlagan Tramp: “Turkiya bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalariga egamiz. Mamlakat chegara hududlari atrofida (Suriya) yetarlicha qoldik. Endilikda chegaralaridan chekindik. Yaxshi ish olib bormoqdalar. Terror tashkiloti yetakchisi Bag’dodiyga qarshi operatsiyada Turkiya juda katta yordam ko’rsatdi”,-dedi.

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg: “Turkiya harbiy operatsiyasini to’xtatdi. Bundan buyon Suriyada siyosiy barqarorlik o’rnatishga harakat qilishimiz zarur”,-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #London , #Jens Stoltenberg , #Donald Tramp , #AQSh , #NATO

Aloqador xabarlar