Afg'onistonda Yaponiyaga oid yordam tashkilotining xizmat mashinasiga hujum qilindi

Hujumda 5 kishi halok bo’lgan, xalqaro tibbiy xizmat rahbari yapon shifokor Tetsu Nakamura jarohatlangan.

1317190
Afg'onistonda Yaponiyaga oid yordam tashkilotining xizmat mashinasiga hujum qilindi

 

 

Afg’oniston sharqidagi Nangarxor viloyatida Yaponiyaga oid yordam tashkilotining xizmat mashinasiga sodir etilgan qurolli hujumda 5 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Nangarxor hokimligi kotibi Oyatulloh Hogyani Anadolu axborot agentligiga intervyu berdi.

Uning so’zlariga ko’ra, kimligi noma’lum kishilar Afg’onistonning Jalolobod shahrida Yaponiyaga oid xalqaro tibbiy xizmatiga tegishli mashinaga hujum qilgan.

Hujumda 5 kishi halok bo’lgan, xalqaro tibbiy xizmat rahbari yapon shifokor Tetsu Nakamura jarohatlangan.

Hujumni sodir etgan qurolli kishilar voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lishgan.

Hujum kimlar tomonidan sodir etilgani ma’lum emas.

Yaponiyaning xalqaro tibbiy xizmat (PMS) yordam tashkiloti 2008 yildan buyon Afg’onistonning Nangarxor viloyatida suv va qishloq-xo’jaligi boshqaruvi sohalarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar