Abu Bakr al-Bagʻdodiyning oʻrinbosari Abu Xaldun laqabli jangari qoʻlga olindi

Karkuk politsiyasi ma’lum qilishicha, ashaddiy terrorist Karkukning Xavija qishlog’idagi bir uyda yashirinib yotgan joyda Iroq harbiylari tomonidan qo’lga olingan.

1317496
Abu Bakr al-Bagʻdodiyning oʻrinbosari Abu Xaldun laqabli jangari qoʻlga olindi

 

DEAShning yoʻq qilingan yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyning oʻrinbosari Abu Xaldun laqabli jangari qoʻlga olindi.

Karkuk politsiyasi ma’lum qilishicha, ashaddiy terrorist Karkukning Xavija qishlog’idagi bir uyda yashirinib yotgan joyda Iroq harbiylari tomonidan qo’lga olingan.

Jangari Shaalyan Ubeyd nomiga berilgan qalbaki pasportga ega boʻlgan.
“Bu jinoyatchi al-Bagʻdodiyning oʻrinbosari lavozimini egallab kelgan va Salahaddin viloyatida “harbiy amir” boʻlgan”, - deyiladi xabarda.
Eslatish joizki, AQSh prezidenti Donald Tramp 27 oktyabr kuni DEASh terror tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bagʻdodiyning yoʻq qilinganini maʼlum qilgandi.

DEASh yetakchisi al-Bagʻdodiy AQSh harbiylarining Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yoʻq qilingan.

Iroq rasmiylari 2017 yilning dekabrida Iroq hududlari DEASh jangarilari qo’lidan qutqarilganligini ma’lum qilgandi.
Bunga qaramay, terror tashkiloti Salahaddin, Karkuk va Diyala viloyatlariga tutash hududlarda vaqti-vaqti bilan terrorchilik harakatlarini davom etib kelmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #DEASh , #Abu Xaldun , #Abu Bakr al-Bagʻdodiy

Aloqador xabarlar