Dmitriy Peskov:"Rossiya kim o’zarga qurollanish poygasiga qo’shilmaydi"

NATOning byudjetni oshirishga doir rejalarini tanqid qilgan Peskov: “Bu jihatdan tashlangan qadamlar ittifoqning tarqoq siyosatiga doir xavotirimizni tasdiqlaydi. Bu bizda xavotir uyg’otmoqda”,-dedi.

1317545
Dmitriy Peskov:"Rossiya kim o’zarga qurollanish poygasiga qo’shilmaydi"

 

Rossiya prezidenti kotibi Dmitriy Peskov iqtisodiy jihatdan katta qiyinchilik olib kelgan kim o’zarga qurollanish poygasiga Rossiya qo’shilmasligini ma’lum qildi.

Peskov bu so’zlarni Sochidagi matbuot anjumanida tilga oldi.

U Buyuk Britaniya poytaxti Londonda o’tkazilayotgan NATO sammitiga doir bayonot berdi.

NATOning byudjetni oshirishga doir rejalarini tanqid qilgan Peskov: “Bu jihatdan tashlangan qadamlar ittifoqning tarqoq siyosatiga doir xavotirimizni tasdiqlaydi. Bu bizda xavotir uyg’otmoqda”,-dedi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya NATO bilan kim o’zarga qurollanish poygasiga qo’shilmaydi.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham avval aytib o’tganidek, iqtisodiy jihatdan katta yuk olib kelgan qurollanish safarbarligiga qo’shilmaymiz”,-deb aytgan Rossiya prezidenti kotibi Dmitriy Peskov.

Eslatma: NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg NATO byudjetini 2024 yilga qadar 400 mlrd dollarga chiqarishni taklif qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Dmitriy Peskov , #NATO , #Rossiya

Aloqador xabarlar