Vladimir Pristayko:"Qoradengiz mintaqasining kaliti qo’shni davlat Turkiyaning qo’lida"

Ukraina tashqi ishlar vaziri Vladimir Pristayko Buyuk Britaniya poytaxti Londonda o’tkazilgan konferensiyada ma’ruza qildi.

1317564
Vladimir Pristayko:"Qoradengiz mintaqasining kaliti qo’shni davlat Turkiyaning qo’lida"

 

Ukraina tashqi ishlar vaziri Vladimir Pristayko Buyuk Britaniya poytaxti Londonda o’tkazilgan konferensiyada ma’ruza qildi.

U o’z ma’ruzasida NATO Yevropa shimoli va Boltiq davlatlariga diqqat qaratganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Qoradengiz NATO va Turkiyaning xizmatlari natijasida xavfsiz ekanligini ma’lum qildi.

NATO Qoradengiz mintaqasiga e’tiborni kuchaytirishi kerakligini tilga olgan Pristayko: “Qoradengiz mintaqasi NATO va Turkiyaning xizmatlari natijasida xavfsiz vaziyatda. Qoradengiz mintaqasining kaliti qo’shni davlat Turkiyaning qo’lida. Bu mavzuda NATO bilan hamfikrmiz. Janubiy Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi muammolar tufayli diqqatimizni chalg’itadigan bo’lsak, yolg’izlanib qolishimiz mumkin”,-dedi.

Pristayko kecha Londonda o’tkazilgan NATO sammiti 2008 yili Ruminiya poytaxti Bukreshda amalga oshirilganligini eslatdi.

“10 yil o’tdi. Haligacha Ukraina va Gruziya NATOga taklif qilinmadi. NATOning ikkilanishi Rossiyaning avvalo Gruziyaga va ortidan Ukrainaga kirishiga sabab bo’ldi”,-deb aytgan Ukraina tashqi ishlar vaziri Vladimir Pristayko.

Vazirning ta’kidlashicha, Ukraina NATOning sharqiy chegaralarini qo’riqlamoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Turkiya , #Qoradengiz , #Ukraina

Aloqador xabarlar