Xalifa Haftar Liviyada neft eksport qilinadigan muhim portlarni ishg'ol qildi

Ma’lumotga ko’ra, ushbu neft eksport qilinadigan portlarni yopish kundalik 800 ming barril neftdan mahrum bo’lish demakdir. Bu esa, taxminan 55 mln dollar zarar olib keladi.

1343308
Xalifa Haftar Liviyada neft eksport qilinadigan muhim portlarni ishg'ol qildi

 

Germaniyada bo’lib o’tadigan Liviya konferensiyasi oldidan Xalifa Haftar yondoshlari vaziyatni keskinlashtiruvchi tashabbuslarga qo’l urmoqda.

Haftar safidagi qurolli guruhlar neft eksport qilinadigan Brega, Ras Lanuf, Hariga, Zuveytina va Sidra portlarini ishg’ol qildi.

Ishg’olga qarshi chiqqan Liviya milliy neft kompaniyasiga ko’ra, bu tashabbus Berlindagi konferensiya arafasida Haftar tomonini kuchlantirish maqsadida amalga oshirilgan.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu neft eksport qilinadigan portlarni yopish kundalik 800 ming barril neftdan mahrum bo’lish demakdir. Bu esa, taxminan 55 mln dollar zarar olib keladi.

Shu kunlarda BMT neft eksportidagi kamchiliklardan xavotirda ekanligini ma’lum qildi.

BMTning Liviya bo’yicha vakili Gassan Salame ushbu portlarning bir necha kun ichida ochilishidan umidvorligini bildirdi.

Qatar hukumati neft eksport qilinadigan portlarning ishg’ol qilinganligini qoraladi.

“Davlat boyliklari Liviya xalqining mulki hisoblanadi. Hech kim ularning kelajagini oyoq osti qilishga va tazyiq sifatida foydalanishga haqqi yo’q”,-deyiladi Qatar tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar