Xitoyda o’ta xavfli, yuqumli virus tarqaldi

Xitoyning Uxan shahrida o’ta yuqumli virusga chalinganlar soni 45 kishiga yetgan.

1343326
Xitoyda o’ta xavfli, yuqumli virus tarqaldi

 

Xitoyning Uxan shahrida yana 4 kishi pnevmoniyaning yangi turi bo’lgan o’ta xavfli, yuqumli virusga chalinganligi aniqlandi.

Laboratoriya tadqiqotlari kasallikning keng tarqalishiga (2019-nCoV) korona virusi sabab bo‘lganligini ko’rsatdi.

Uxan hokimligi qoshidagi salomatlik komissiyasi ma’lum qilishicha, hozirda shaharda o’ta yuqumli virusga chalinganlar soni 45 kishiga yetgan.

Virus tufayli 2 kishi hayotdan ko’z yumgan, 5 kishi og’ir ahvolda. 15 kishi shifoxonada qattiq muolajalardan so’ng sog’ayib chiqqan.

Xitoyda tarqalgan yangi kasallik virusi 16 yanvar kuni Jenevada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti konferensiyasida muhokama qilindi.

Eslatish joizki, korona virusi 2019 yil oxirida aniqlangandi. Avvaliga barcha kasallanganlar Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. Shu yilning yanvar oyidan e’tiboran boshqa mamlakatlarda ham shu kasallikka chalinganlar aniqlana boshlandi.  16 yanvar kuni Yaponiyada Xitoydan kelgan bemorni laboratoriyada tekshirib, bu pnevmoniyaning yangi turi degan xulosaga kelishdi. Tailandda ham xuddi shu kasallikka chalingan bir nafar bemor aniqlangan.

Xioyning Uxan shahrida tarqalgan yuqumli virus 2002 va 2003 yillarda yuzlab insonning o’limiga sabab bo’lgandi. Shuningdek, 2003 yili Xitoyda 349 kishi, Gong Kongda 299 kishi virus tufayli hayotdan ko’z yumgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #yuqumli kasallik , #Uxan , #virus , #Xitoy

Aloqador xabarlar