Afg’onistonning Uruzgan viloyatida chegara postiga hujum sodir etildi

Uruzgan hokimligi vakili Zilgey Abadiy ma’lum qilishicha, hujumda ikki nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

1344103
Afg’onistonning Uruzgan viloyatida chegara postiga hujum sodir etildi

 

Afg’onistonning Uruzgan viloyatida politsiya xodimlariga qarshi qurolli hujum sodir etildi.

Bu haqda Uruzgan hokimligi vakili Zilgey Abadiy ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Uruzgan viloyatining Mirveyish Nike hududidagi chegara nazorat postida xizmat qilgan politsiya xodimlari kimligi noma’lum kishilarning hujumiga uchragan.

Hujumda ikki nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.

Hujumni sodir etgan kishilar voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lishgan.

Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Uruzgan , #hujum , #chegara posti , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar