Daniyada qochqinlar va muhojirlarga nisbatan hukumat siyosati qoralandi

Daniya hukumati qochqin va muhojirlarni 7 gektarlik izsiz “Lindholm” oroliga quriladigan “Qayta jo’natish lageri”da to’plashga qaror bergan edi.

1104505
Daniyada qochqinlar va muhojirlarga nisbatan hukumat siyosati qoralandi

 

Daniya poytaxti Kopengagenda va mamlakatning yirik shaharlaridan biri Arhusda qochqinlar va muhojirlarga nisbatan qonunlarning ayovsizligi qoralandi.

Inson huquqlari olamshumul bayonnomasining qabul qilinganligiga 70 yil to’lganligi munosabati bilan o’tkazilgan namoyishlarga minglab muhojir va daniyaliklar ishtirok etdi.

Mazkur namoyishlar Xalqlararo gumanitar yordam tashkiloti (Mellemfolkeligt Samvirke), Xalqaro amnistiya tashkiloti va Bolalarni qutqarish fondi (Save the Children) bilan bir qatorda, jami 9 nafar nodavlat tashkilot tomonidan tashkil qilindi.

Daniyada mavjud hukumatning muhojir va qochqinlarni izsiz bir orolga to’plash to’g’risidagi qarori ham ushbu katta namoyishlarga sabab bo’ldi.

Namoyishchilar mamlakatda oxirgi yillarda hukumatning xorijliklarga nisbatan qattiq siyosat olib borayotganligini qoraladi.

Shu bilan birga, namoyishlarda “Barcha uchun inson huquqlari”, “Irqchilikka bas!”, “Xorijliklarga qo’rquv solishni bas qiling!”, “Irqchilikni to’xtat!” va “Irqchilikka qarshi bir ovozdan” kabi turli shiorlar bilan hukumat siyosati tanqid qilindi.

Namoyishda so’zga chiqqan Xalqlararo gumanitar yordam tashkiloti bosh kotibi Kim Whyte hukumatga hitob qilgan holda, “Inson huquqlari bo’yicha eng nochor ahvolda bo’lishni xohlamaymiz. Daniyadan boshpana talab qilib kelgan insonlarga yaxshi sharoitlar yaratib berish kerak”,-dedi.

Daniyaning BMT qochqinlar kvotasidan qochqinlar qabul qilishni to’xtatishini ham tanqid qilgan Kim Whyte davlat hukumati zimmasiga tushgan mas’uliyatni bajargan holda BMT kvotasidan qochqin qabul qilishi kerakligini bildirdi.

Hukumatning qochqinlarni izsiz orolga to’plashi haqidagi qaroriga munosabatini bildirgan Kim Whyte: “Avvalo, hukumatning bu qarori juda noto’g’ri. Insonlarni bitta orolga to’plash ularning erkinligini cheklaydi”,-dedi.

Eslatma: Daniya hukumati qochqin va muhojirlarni 7 gektarlik izsiz “Lindholm” oroliga quriladigan “Qayta jo’natish lageri”da to’plashga qaror bergan edi.

“Lindholm” oroli Daniya texnik universiteti tomonidan “karantin oroli” deb ham ataladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Daniya , #hukumat , #siyosat , #qochqin , #muhojir , #namoyish

Aloqador xabarlar