Rossiyadan Venesuelaga ikkita Tu-160 yuborildi

Rossiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, harbiy samolyotlar Venesuela poytaxti Karakasda “Simon Bolivar” nomidagi xalqaro aeroportda Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopez tomonidan kutib olingan.

1104790
Rossiyadan Venesuelaga ikkita Tu-160 yuborildi

Rossiya Venesuelaga atom hajmli ikkita qiruvchi samolyot yubordi.

Rossiya mudofaa vazirligi bu haqda bayonot berdi.

“Ikkita Tu-160 qiruvchi samolyoti 10 ming kmlik parvozdan so’ng, Venesuela poytaxti Karakas yaqinlaridagi Maiquetia hududida joylashgan “Simon Bolivar” nomidagi xalqaro aeroportga qo’ndi”,-deyiladi bayonotda.

Samolyotlarning qurol tashib yoki tashimaganligi va bu mamlakatda qancha muddatgacha qolishi haqida ma’lumot berilmagan.

Qiruvchi samolyotlarga Maiquetia hududigacha bir yuk samolyoti va bir yo’lovchi samolyoti hamrohlik qilib borgan.

NATO tomonidan "Blackjack" deb nom berilgan Tu-160 qiruvchi samolyotlar ovoz tezligining 2 barobaridan ham katta tezlikda uchish qobiliyatiga ega.

U masofasi 5500 kmni tashkil qilgan konvansionel yoki yadroviy raketalarni tashish kuchiga ega.

Rossiya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, harbiy samolyotlar Venesuela poytaxti Karakasda “Simon Bolivar” nomidagi xalqaro aeroportda Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopez tomonidan kutib olingan.

“Venezolana de Television” (VTV) televideniyesining xabariga ko’ra, qo’shma harbiy mashg’ulotlarda ishtirok etadigan samolyotlar Venesuelaga provokatsiya maqsadida yuborilmagan.

Xabarda “Biz urush emas, balki tinchlik tarafdorimiz”,-degan ifodalarga o’rin berilgan.

Eslatma: Venesuela Davlat rahbari Nikolas Maduro o’tgan hafta Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi.

 



Aloqador xabarlar