Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning va’dalari “Sariq jiletlilar”ni qoniqtirmadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning kecha oqshom eng kam ish haqqini 100 evroga oshirishini, 2 ming evrodan kam pensiya puli olgan pensionerlarning bundan buyon pensiya pulidan ushlab qolinmasligini va’da qilgan edi.

1104932
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning va’dalari “Sariq jiletlilar”ni qoniqtirmadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning kecha bergan va’dalari “Sariq jiletlilar”ni qoniqtirmadi.

Emmanuel Makron 2019 yilning mayidan mamlakatda eng kam ish haqi miqdori 100 yevroga oshirilishini, shuningdek, yil yakunida beriladigan mukofot pullari soliqqa tortilmasligini, eng kambag‘al qatlamga soliq imtiyozlari taqdim etilishini ma'lum qilgan edi.

Shu bilan birga, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning kecha oqshom eng kam ish haqqini 100 evroga oshirishini, 2 ming evrodan kam pensiya puli olgan pensionerlarning bundan buyon pensiya pulidan ushlab qolinmasligini va’da qilgan edi.

“Sariq jiletlilar” Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bu va’dalarini yetarsiz deb topdi.

“Sariq jiletlilar”ning kotibi Erik Drouet Makron namoyishlar boshlangandan beri ularga jiddiy munosabatda bo’lmaganligini ta’kidlab, xalqni shanba kuni yana namoyish o’tkazishga chaqirdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bir necha haftadan buyon davom etayotgan “Sariq jiletlilar” namoyishlari tufayli mamlakatda favqulodda iqtisodiy va ijtimoiy holat e'lon qildi.

Makron dastlab, 5 dekabrda kelgusi yilda benzin narxlari oshirilmasligini ma’lum qilgan edi, biroq “Sariq jiletlilar” buni yetarli deb topmagan edi.

Fransiyadagi tartibsizliklar 17 noyabrda boshlangandi. Benzin narxlari oshirilishiga qarshi boshlangan namoyishlarda yuz minglab kishilar qatnashdi.

Asosan, haydovchilar ishtirok etgan dastlabki namoyishlar ishtirokchilar kiyib olgan liboslar tufayli “Sariq jiletlilar” namoyishlari nomini oldi.

Ushbu namoyishlar mamlakatda so’ngi yillarda ro’y bergan eng shiddatli namoyishlarga aylandi.

 



Aloqador xabarlar