Xezer Nauert AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzodlikdan bosh tortdi

“Oxirgi ikki oy oilam uchun juda qiyin kechdi. Shu sababli, oilam uchun ushbu lavozimga nomzod bo’lishdan bosh tortaman”,-deydi u.

1146773
Xezer Nauert AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzodlikdan bosh tortdi

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Xezer Nauert AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga nomzodlikdan bosh tortdi.

“Oxirgi ikki oy oilam uchun juda qiyin kechdi. Shu sababli, oilam uchun ushbu lavozimga nomzod bo’lishdan bosh tortaman”,-deydi u.

Ta’kidlanishicha, Xezer Nauert ushbu lavozimga mamlakat prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif qilingan edi.

Tramp Xezer Nauert haqida “Juda qobiliyatli va aqlli nomzod. Menimcha barcha tomonidan katta hurmatga sazovor bo’ladi”,-degan edi.

Biroq, “siyosiy tajribasiz” deya tanqidlarga uchragan Nauert ushbu lavozimga tayinlanishi uchun senat tomonidan tasdiqlanishi zarur.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #BMT , #Xezer Nauert , #nomzod

Aloqador xabarlar