Donald Tramp:“AQSh DEASh jangarilarining Yevropaga kirib borishini kuzatib turishni xohlamaydi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropani bu mavzuda yana ham ko’proq mas’uliyat olishga chaqirdi.

1146782
Donald Tramp:“AQSh DEASh jangarilarining Yevropaga kirib borishini kuzatib turishni xohlamaydi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi vaziyat bo’yicha bayonot berdi.

“Daf bo’lish arafasida bo’lgan DEAShga qarshi 100 foiz g’alaba qozongandagina Suriyadan chekinamiz”,-deb yozadi Tramp tvitterdagi sahifasida.

Terror tashkilotining Yevropada keng tarqalishiga tomoshabin bo’lib qarab tura olmasligini tilga olgan Tramp Yevropa davlatlarini, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyani DEAShga a'zo bo‘lgan 800 dan ortiq jangarini “qaytarib olishga” va ularni sudga topshirishga chaqirdi.

“AQSh Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yevropaning boshqa davlatlarini Suriyada qo‘lga tushgan 800 dan ko‘proq jangarini qaytarib olishga va ularni sudga topshirishga chaqiradi”,- deb yozgan Tramp tvitterda. 

“AQSh DEASh jangarilarining Yevropaga kirib borishini kuzatib turishni xohlamaydi. Biz ko‘p sarf-xarajat qilmoqdamiz. Endi boshqa davlatlarning faollashishi va qo‘lidan kelgancha g’ayrat qilish vaqti keldi”, -deb aytgan Tramp, Yevropani bu mavzuda yana ham ko’proq mas’uliyat olishga chaqirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Tramp , #Suriya , #DEASh

Aloqador xabarlar