Qatar xayriya fondi Livandagi suriyalik qochqinlarga gumanitar yordam tarqatdi

Qatar taraqqiyot fondi homiyligida tashkil etilgan bu kompaniyadan suriyalik 11000 oila foydalandi.

1146804
Qatar xayriya fondi Livandagi suriyalik qochqinlarga gumanitar yordam tarqatdi

Qatar xayriya fondi Livanning Beka viloyatiga qarashli Arsal tumanida sovuq qish kunlarida chodirlarda yashab kelayotgan suriyaliklarga gumanitar yordam tarqatdi.

Bu haqda Qatar xayriya fondi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Qatar xayriya fondi Qatar taraqqiyot fondi qo’llab-quvvatlovi bilan ““Arsal”ga yordam qo’lini uzating!” nomli kompaniya doirasida Arsal tumanida qiyin sharoitlarda yashab kelayotgan suriyalik qochqinlarga shoshilinch insonparvarlik yordami tarqatdi.

Ushbu yordam kompaniyasi bundan avval Qatar hukumati tomonidan suriyalik qochqinlar uchun ajratilgan 50 mln dollarlik fondning bir bo’lagi hisoblanadi.

Insonparvarlik yordamlari doirasida 500 ta chodir qish sharoitiga mos ravishda ta’mirlandi, 5000 oilaga isinish uchun kerakli yoqilg’i mahsulotlari tarqatildi va 4000 oilaga qishki kiyim-kechak sotib olishi uchun kupon tarqatildi.

Qatar taraqqiyot fondi homiyligida tashkil etilgan bu kompaniyadan suriyalik 11000 oila foydalandi.

Eslatish joizki, Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani turli mamlakatlarda yashab kelayotgan suriyalik qochqinlarga yordam berish maqsadida 50 mln dollar mablag’ o’tkazish haqida buyruq bergan edi.

Suriyadagi urush tufayli taxminan 60 mingdan ortiq suriyalik Livanning Beka viloyatiga qarashli Arsal tumanida qahraton sovuqda qiyin sharoitlarda yashan kelmoqda.



Aloqador xabarlar